Strukturalizm
Strukturalizm (lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) — tilshu- noslik, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix va shu kabi gumanitar fanlarda struktur usullar va modellashtirishdan, formallashtirish, semiotika, matema- tikalashtirish elementlaridan foy- dalanish bilan bog’liq yo’nalish; 20-a. ning 20y.larida paydo bo’lgan. S.ning tadqiqot ob’ekti belgi tizimlari (til, fan, san’at, mifologiya, moda, reklama) majmui sifatida olingan madaniyatdir. S.ning asosini narsa va hodisalarning invariant munosabatlari yigindisi tarzida tushuniladigan tuzilma (struk- tura)lar tashkil etadi. Sdan ibtido- iy kabilalar madaniyatini o’rganishda hamda folklorshunoslikda samarali foydalanildi (k,. Strukturaviy tilshu- noslik).