Suaxili, savohiliy

Suaxili, savohiliy (Arab. — sohil so’zidan) — bantu guruhiga man- sub xalq. Tanzaniya (2060 ming kishi), Mozambik, Kongo Demokratik Respu- blikasi va b.da yashaydi. Umumiy soni 2,4 mln. kishi (1990y.lar o’rtalari). Suaxili shilida so’zlashadi. Dindorla- ri — sunniy musulmonlar. «Suaxili» nomi 12-a.dan ma’lum. S.lar etnogene- zida Sharqiy Afrikaning sohillari hamda Zanzibar va b. orollarda yashagan mahalliy bantu qabilalari, milodning boshlaridan bu erlarga kela boshlagan hindlar, arablar va forelar, shuning- dek, arablar tomonidan Afrikaning ichki r-nlaridan qul qilib keltirilgan turli qabilalar qatnashgan. O’rta asr- larda S.larning Kilva, Pate, Malindi kabi shahardavlatlari mavjud bo’lgan. S.lar, asosan, dehqonchilik, baliq ov- lash, hunarmandchilik, kemasozlik bilan shug’ullanadi.