Sub Zero personaji haqida

Sub Zero(inglizcha, noldan past)- Jon Tobias hamda Ed Bun tomonidan o’ylab topilgan o’yin personaji bo’lib, ilk bora 1992-yil «Mortal Kombat» o’yinida ko’rinish bergan.

O’yin jarayoniga ko’ra u Xitoydagi yer osti qirolligida dunyoga keladi, yoshi 32 da ( franshiza qismlariga qarab yoshi o’zgarib boradi). Akasi Noob Saibot, ukasi esa Scorpion hisoblanadi.

Jang san’ati ustasi, grandmaster. Karatening Syotakan uslubi bo’yicha jang qiladi. «Lin Kuey» klani a’zosi.

Asosiy qurollari: Muzlagan skipetr, muzlagan qilich, muzli nayza hamda muzli to’p.

Jon Tobiasning so’zlariga ko’ra bu personajning yaratilishiga Li Xinning «The Chinese ninja connection» asari sababchi bo’lgan. Dastlab Jon personajni «Tundra» deb nomlamoqchi bo’lishgan. Lekin Arnold Shvarsnegr ijrosidagi «Бегущий человек» filmida Arnoldga birinchi bo’lib suiqasd qilmoqchi bo’lgan qotil sharafiga ushbu nom tanlangan.

Sub Zero personaji WatchMojo.com sayti talqini bo’yicha eng yaxshi ninzdyalar ro’yxatida 4-o’rinni band qilgan.