Subantarktika mintaqasi

Subantarktika mintaqasi – janubiy yarim shardagi geografik mintaqa, okeanlarning 58°-60° va 65°-67° gacha janubiy kengliklardagi qismlarini o`z ichiga oladi. Iqlimi sovuq (havoning o`rtacha harorati qishda -5° dan -15° gacha, yozda 0°-2°, qattiq shamollar bo`lib, tuman tushib turadi. 500 mm yog`in yogadi. Qishda yoppasiga suzib yuruvchi muzlar bilan qoplanadi. Suvda plankton ko`p. Subantarktika mintaqasidan ko`plab baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi.