Sub’ektiv huquq
Sub’ektiv huquq – muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsning kon- kret huquqi. Mac, xususiy mulk egasi o’z mulkiga ega bo’lishi, undan foyda- lanishi va unga xo’jayinlik qilishi hamda o’z huquqini boshqa shaxslardan poymol qilmasliklarini talab eti- shi mumkin. S.h. egasi zarur hollarda o’z huquqini amalga oshirish va himoya qilish uchun davlat yordamidan foydala- na oladi (mas, sudga murojaat qilishi mumkin). Himoya shakliga ko’ra, S.h. mutlaq va nisbiy S.h.larga bo’linadi. Mutlaq S.h.da S.h. egasi noma’lum keng shaxslar guruhidan muayyan harakatni qilishni yoki qilmaslikni talab etishi mumkin. Nisbiy S.h.da S.G’. egasining talabi faqat konkret shaxs yoki shaxslar guruhiga qaratilgan bo’ladi (mas, kredi- torning qarzdorga nisbatan bo’ladigan munosabatdagi huquqi).