Subirrigasiya
Subirrigasiya (sub… va irriga- tsiya) — tuproq ostidan sug’orish turi; grunt suvlari satxini sun’iy ko’tarish yo’li bilan tuproqning o’simlik ildizi tarqalgan qismini namlashga erishila- Di. S. ni faqat komektordrenaj tarmog’i qurilgan gidromorf va yarim gidromorf tuproklardagina qo’llash mumkin. Ochiq zovurlarda to’g’on solish, yopiq drenaj- da gidrantlarni berkitish, shuningdek, ularni sug’orish suvi bilan to’ldirib grunt suvlari sathi ko’tariladi. Mac, Xorazm vohasida S. may oyi o’rtalarida, ekinlar hali yosh bo’lib, odsiy usul- da egatlar orqali suv berish uchun egat ochish qiyin bo’lgan davrda amalga oshi- riladi. Farg’ona vodiysida sugorish tarmoqdarining etagida joylashgan xo’jaliklarda avg. oyida suv tanqisligi sezilganda, shuningdek, yuzalatib suv be- rish sonini kamaytirishda S. dan foyda- laniladi.