Subtropik mintaqalar, subtropiklar

Subtropik mintaqalar, subtropiklar – Yerning har ikkala yarim sharidagi geografik mintaqalar, 30° va 40° kengliklar orasida. Mo`tadil mintaqalardan farq qilib, vegetatsiya yil bo`yi davom etadi, sovuq oyning o`rtacha harorati 0° dan yuqori. Tropik mintaqalardan farqi esa mavsumlarda termik rejimning keskin tafovut qilishidir, dengizdan quruqlik ichiga kirib borgan sari yog`in miqdori kamayib iqlim kontinentallasha boradi. Nam va quruq subtropik mintaqalar bo`ladi. Nam subtropik mintaqalar Kavkazning Qora dengiz sohilida va Lenkoran pasttekisligida uchraydi. Tuprog`i qizil tuproq, xilma-xil va boy o`simliklar o`sadi. Quruq subtropiklarga Qrimning Janubiy sohili, Sharqiy Zakavkaze, shuningdek O`rta Osiyo cho`llarining janubiy chekkalari kiradi.