Sud

Sud (slavyancha sud — ish) — Odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat or- gani; muayyan davlatning qonunlariga asosan prosessual tartibda jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va b. toifadagi ishlarni ko’rib chiqadi va hal qiladi. Ay- Rim shaxslar o’rtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashki- lot ma’muriyati, jamoat birlashmalari o’rtasida mulkiy va nomulkiy nizolar- ni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni ko’rib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. S. boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga bo’ysunib ko’rib chiqishi va hal etishi lo- zim. S.lar odatiy va favqulodda S.larga bo’linadi. Favqulodda S.larni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy Konstitu- tsiyalarda man etilgan. Odatiy slar umu- miy vakolatli va ixtisoslashgan, ya’ni harbiy, xo’jalik (arbitraj, savdo), boj- xona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari bo’yicha va h.k. sudlar bo’lishi mumkin. Sudning alohida turlari Konstitusi- yaviy va ma’muriy S.lar hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda, shuningdek, diniy S.lar (mas, musulmon mamlakatlari — Eron, Pokiston, Sudan va b.da shariat S. lari) va odatiy huquq S.lari (mas, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir Kan- cha mamlakatlarda kabila S.lari) ham mavjud. S, shuningdek, instantsiyalarga ko’ra: birinchi instantsiya Si, apellyasiya, kassasiya va nazorat S.lari, hududiy da- rajasi bo’yicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy S.ga bo’linadi. S. hozirgi O’zbekiston hududida dav- latchilikka xos ko’p asrlik tarixga ega. S. faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, an’analari va ma’naviy negiziga asosla- nib, obrue’tiborli, katta hayotiy tajri- Baga ega bo’lgan kishilar amalga oshirish- gan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. O’zbekistonda qariyb 13 a. davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urfodat- lari va an’analariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bulgan. O’rta Osiyoni zabt etganidan sung mustamlaka- chi chor hokimiyati Rossiya qonunlariga amal qiluvchi S.larni tuzdi. 1917 y. Okt. to’ntarishidan so’ng «xalq» S.lari va tribunallar ta’sis etildi. Ular kommu- nistik partiya va inqilob manfaatlariga xizmat qildi, qonunga emas, «proletarcha ong»ga suyanardi. S. o’rnini ko’p xrllar- da «maxsus kengash», «uchlik komissiya» kabi ma’muriy tuzilmalar egallagan- Di. S. adolatga emas, vahshiyona qatag’on, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. S. batamom partiya va sovet ijroiya organ- lariga karam edi. Mustaqilikka erishilgandan so’ng O’zbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi sifati- da sudhuquq islohoti o’tkazilmoqda. S. hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy parti- yalardan, boshqa jamoat birlashmalari- dan mustaqil ish yuritishi va S. fao- liyatining boshqa asosiy printsiplari O’zbekiston Respublikasining Konstitu- tsiyasida e’tirof etildi (106— 116mod- dalar), yangi sud tizimi barpo qilindi, «S. lar to’g’risida»gi O’zbekiston Respu- blikasining qonuni (1993 y. 2 sent., yangi tahriri 2000 y. 14 dek.) va bir qator qonunlar amalga kiritildi. S. tomoni- dan chiqarilgan hujjatlar barcha davyaat organlari, jamoat birlashmalari, kor- xonalar, muassasalar, tashkilotlar, man- sabdor shaxslar va fuqarolar uchun maj- Buriy hisoblanadi hamda O’zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Qonuvda belgilangan hollardan tashqari S.larda barcha ishlar oshkora yuritiladi (q. Sudlovning oshkoraligi). S. ishlari o’zbek tilida, qoraqalpoq ti- lida va muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib boriladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. S. ishlari- ni yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. S. ning faoliyati qonun usduvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. G’afur Abdumajidov.