Sud ekspertizasi

Sud ekspertizasi – fan va tex- Nika yutuqlaridan jinoiy, fuqarolik, xo’jalik, ma’muriy prosessda foyda- lanishning bir shakli. U ishni to’g’ri hal etish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Surish- tiruvchi, tergovchi, sudning topshirig’iga binoan, maxsus bilimlarga ega shaxs (ekspert) o’ziga taqdim etilgan ashyoviy dalillar, voqeaholatlarni tekshiradi. Ekspert tadkiqoti natijalari bo’yicha ekspertning xulosasi tuziladi. Unda espertiza o’tkazish asoslari, sharoit- lari, tekshiriladigan ob’ektlar, hal qilinadigan masalalar, ekspert anikla- gan ma’lumotlar bayon etiladi. Eksper- tning xulosasi dalillar manbai bo’lib, unda aniklangan ma’lumotlar dalillar sifatida qabul qilinadi. Ashyoviy da- lillar va ekspert tekshiruvi uchun olin- gan namunalar, tirik odam tanasi va uning qismlari, murda, voqea joyidagi holat, hujjatlar S.e. ob’ektlari jumla- siga kiradi. S.e. hal etiladigan masala- si, ob’ekti, predmeta va uslubiyotining umumiyligi bo’yicha kriminalistik, transportmuhandislik, tibbiy va psixi- atrik, qishloq xo’jaligi., ekologik, bio- logik, iqtisodiy, texnikmuxandislik va b. ekspertizalarga bo’linadi. Har bir turdagi S.e. o’ziga xos uslubiyotga binoan o’tkaziladi. S.e. quyidagi asoslarga ko’ra tuslanadi: ekspertlarning soni bo’yicha — yakka tartibda o’tkaziladigan va ko- missiyaviy ekspertizalar; tadqiqotning hajmi bo’yicha — asosiy va qo’shimcha ekspertizalar; ketma-ketligi bo’yicha — birlamchi va qayta ekspertizalar; qo’llanadigan bilim sohalarining soni bo’yicha — bir turdagi va kompleks eks-pertizalar, ob’ektlar soni bo’yicha — kam ob’ektli va kup ob’ektli eksper- tizalar. S.e.ni tayinlash va o’tkazish tartibi hamda ekspertning xulosasini baholash qoidalari tegishli prosessual qonunlarda belgilangan. S.e. ni maxsus tashkil qilingan ixti- soslashgan davlat muassasasi o’tkazadi. O’zbekistonda S.e. X.Sulaymonova no- midagi Respublika sud ekspertiza Mar- kazi va uning hududiy bo’linmalari, Sog’liqni saklash vazirligining Sudtib- biy ekspertizasi Bosh byurosi va uning hududiy bo’linmalarida o’tkaziladi. Bundan tashqari, S.e. boshqa vazirlik va idoralar (jumladan, ichki ishlar vazir- ligi, Mudofaa vazirligi) tarkibidagi bo’linmalarda ham amalga oshiriladi. Sud ekspertiza muassasasi zamonaviy ixtisoslashgan texnik vositalar bilan jihozlanishi, xodimlarning yuqori ma- lakasi hamda tadqiqotlarni o’tkazishda maxsus ekspert uslublari qo’llanishi tufayli bu erda o’tkaziladigan S.e.ning sifati va ishonchliligi ta’minlanadi. Sattor Otaxo’jaev.