Sud fotografiyasi

Sud fotografiyasi – kri- minalistik suratga olish metodlari va texnik vositalari tizimi. Tergov, tezkorqidiruv tadbirlari va eksperti- za o’tkazilayotganda qo’llaniladi. S.f. ga voqea yuz bergan yoki tintuv o’tkazilgan joylar, ashyoviy dalillar, jinoyat iz- lari, qurollari va b.ni suratga olish kiradi. S.f. dalillarni tasvirlash va tekshirish uchun xizmat kiladi. Tasvir- lovchi S.f.ga o’lchovli (masshtabli, ste- reofotografik), makros’yomka (kichik ob’ekt va izlarning suratlari), tanib olishga mo’ljallangan (yuzni Odd va yon tomondan eks ettirish), reproduktsiyaviy (hujjatlar nusxasi) va b. turdagi Su- ratlar kiradi. Tekshiruv S.f.ga infra- kizil, ultrabinafsha, rentgen, gamma nurlar, mikrofotografiya, golografiya, rang ajratkichlar yordamida olinadigan fotosuratlar kiradi. S.f. suratlaridan dalil sifatida foydalaniladi. Ular tergov harakatlari bayonnomasiga yoki ekspert xulosasiga ilova qilinadi.