Sud xarajatlari

Sud xarajatlari – (O’zRda) ish- larni sudda ko’rish bilan bog’liq proses- sual chiqimlar. Fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlari bo’yicha S.x.ga davlat boji, tomonlar, guvoh va ekspertlarning sudga kelishi uchun yo’lkira, ekspert mu- taxassis va tarjimonga to’lanadigan xizmat haqi, ishga taalluqli biror joy- ni ko’zdan kechirish, boshqa harakatlarni bajarish uchun qilinadigan sarf va sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bog’liq chiqimlar kiradi. Da’vo- gar da’vo summasining mikdoriga qarab boj to’laydi. Mexnat, mualliflik, IX- tiro, kashfiyot bilan bog’liq nizolar va aliment undirish haqidagi arizalarni ko’rish uchun boj olinmaydi. Sud da’- voni qanoatlantirsa, da’vogar qilgan S.x. javobgardan undiriladi yoki dav- lat byudjeti xisobidan to’lanadi (FPK, 103—121moddalar, XPK, 9094moddalar, MHJK, 301-302-moddalar). Jinoyat ishlari bo’yicha S.x.ga surish- tiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon va shu kabiga beriladigan, ashyoviy dalillarni saqlashga, yuborish- ga va ekspertiza o’tkazishga, shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun sarflangan, yuridik maslahatxonaga to’lanadigan hamda ishning yuritilishi davomida qilingan boshqa xarajatlar kiradi. S.x. mahkumlardan undirili- shi mumkin. Tarjimonga to’lanadigan summa, shuningdek, sudlanuvchi oklan- gan, jinoyat tarkibi bo’lmagani sabab- li tugatilgan ishlar bo’yicha S.x. davlat hisobiga o’tkaziladi, lekin ish jabrla- nuvchining shikoyati bo’yicha qo’zg’atilgan bo’lsa, undan undiriladi. Surishti- ruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilgan shaxs uzreiz kelmasa, tergov va sud harakatlarini o’tkazish kechikti- rilgani bilan bog’liq S.x. ana shu shax- Sdan undiriladi.