SUDAKLAR
SUDAKLAR, slalar (Lucioperca) — olabug’asimonlar oilasiga mansub ba- liklarning bir urug’i. 5 turi ma’lum. Gavdasining uz. 130 sm cha, vazni 20 kg gacha. Oddiy S. xo’jalik ahamiyatiga ega. Orqasi yashilkulrang, ikki yonida 8-12 ta qo’ng’irqora yo’llari bor. Elka va dum suzgichlarida qora dog’lari bo’ladi; boshqa suzgichlari sarg’ish tusda. Erka- gi suv tubida uya yasab, shu uyada urgochi- si tashlagan uvildiriqni qo’riqlaydi. Baliq va b. hayvonlar bilan oziklana- Di. Evropa, Shim. Amerika va Osiyo suv havzalarida, jumladan, Boltiq, qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizi va ba’zi da- ryolarda tarqalgan. Issiqko’l, Balxash va b. suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Orol dengizida urchish uchun mart — aprel oylarida qirg’oqqa keladi. Sir- Daryo va Amudaryoga ham o’tadi.