Sudlanuvchi
Sudlanuvchi — jinoyat Pro- tsessida sudga berilgan ayblanuvchi. S. o’zining nimada ayblanayotganligini bilish; o’ziga qo’yilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari bo’yicha ko’rsatuv va tushuntirish berish; o’z ona tilidan va tarjimon xizmati- dan foydalanish; himoyachiga ega bo’lish va u bilan xoli uchrashish; o’z huquk/ga – rini himoya qilishni shaxsan o’zi amal- ga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; yarashuv to’g’risidagi ishlar bo’yicha, 1-instan- tsiya va apellyasiya instantsiyam sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa — kassasiya va nazorat instantsiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud Majli- sining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o’z mulohazalarini bildirish; ish bo’yicha keltirilgan protestlar, apellya- tsiya, kassasiya shikoyatlaridan xabardor bo’lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega. S: sudning chaqiruviga binoan hozir bo’lishi; sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; dalillarni yo’q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko’ndirishga urinish va b. qonunga XI- lof harakatlar bilan haqiqatni ani- klashga to’sqinlik qilmasligi; o’ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o’tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi sudning ajrimlari hamda boshqa prosessual qarorlari ijro eti- lishiga to’sqinlik kilmasligi; sud maj- lisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Ayblov hukmi chiqarilib, xukm qonuniy kuchga kirgandan so’ng S. mahkum, oklov hukmi chiqarilganda esa oklangan deb ataladi. G’afur Abdumajidov.