Sudlanuvchining oxirgi so’zi

Sudlanuvchining oxirgi so’zi — jinoyat ishlari bo’yicha sud majlisida taraflar muzokarasining xotimasida sudning hukm chiqarish uchun maslahat xonasiga kirib ketishi oldi- dan sudlanuvchinpsh sudga qarata aytadi- gan yakuniy so’zi. S.o.s.ni muayyan muddat bilan cheklab qo’yish taqiklangan, lekin uning ishga mutlaqo aloqasi yo’q mavzu- lardagi so’zlarini sud majlisida rais- lik qiluvchi to’xtatib qo’yishga haqli. S.o.s. vaqtida sudlanuvchiga hech qanday savol berilishi mumkin emas. Bashar- ti, sudlanuvchi o’zining oxirgi so’zida ish uchun muhim yangi holatlarni bayon qilsa yoki ishga aloqador, lekin tekshi- rilmagan dalillarni taqdim qilsa, sud uning yoki boshqa taraflarning iltimo- siga ko’ra, yoxud o’z tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash haqida AJ- Rim chiqarishi mumkin. Sud tergovi ta- momlangach, sud muzokaralari qaytadan o’tkaziladi va S.o.s. eshitiladi.