SUDLOVNING OSHKORALIGI

SUDLOVNING OSHKORALIGI (O’zRda) — barcha sudlarda ishlarni ochiq sud majlisida ko’rilishi printsipi. Bu qoida O’zbekiston Respublikasi kon- stitusiyasining 113moddasida belgilab qo’yilgan. Sudda har qanday shaxs, jum- ladan, jamoat birlashmalarining, omma- viy axborot vositalarining vakillari ishtirok etishi mumkin. So. Ishlarni jamoatchilik kuzatuvida xolis va odi- Lona ko’rilishini, inson huquqlariga rioya etilishini, aholining huquqiy madaniyati yuksalishini ta’minlaydi. So. ga oid qoidalar prosessual kodek- slarda batafeil bayon qilingan. Ishlar faqat qonunda belgilangan hollarda, jumladan, davlat sirlarini yoki tijo- rat sirlarini saqlash zarur bo’lganda, shuningdek, jinsiy jinoyatlarga oid bo’lsa, sudning ajrimiga asosan yopiq sud majlisida ko’riladi. Zarur hollarda, voyaga etmaganlar- ning jinoyatlari to’g’risida, shuning- dek, fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid yoki ularning sha’ni va qadrqimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ularning oila a’zolari va qarindoshlari xavfsiz bo’lishini ta’- minlash taqozo qilganda, sud ajrim chiqarib ishni yopiq majlisda ko’rishi mumkin. Yopiq sud majlisida barcha Pro- tsessual qoidalarga rioya qilinadi. Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosu- ratga, videoyozuv, kino olishga fakat sud majlisida raislik qiluvchining rux- sati bilan yo’l qo’yiladi. Sud hukmi va qarorlari barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi (JPK, 19modda, FPK, 10mod- da, XPK, 8modda).