Sudxo’rlik
Sudxo’rlik — g’oyat og’ir shartlar bilan qarz berib, foyda olinadigan fao- liyat. S.ning paydo bo’lishi ibtidoiyja- moa tuzumining emirilish davriga to’g’ri keladi. S. kreditnnt qad. shakli bo’lib, dastlab moddiynatural holda bo’lgan. Uning egasi o’z iste’molidan ortib qolgan mahsulotini muhtojlarga qarzga bergan. Pul paydo bo’lgach, S. pulni g’oyat yuqori foiz evaziga qarzga berish shakli- ga kirgan. Sharq mamlakatlari, shu jum- ladan, O’rta Osiyoda S. bilan sarroflar va boy savdogarlar shug’ullangan. S.da qarzni qaytarish muxdati, to’lanadigan foiz miqdori og’zaki kelishuv yoki tilxat bilan rasmiylashtirilgan. Qarz foizi- ning darajasi turli mamlakatlarda tur- licha, hatto bir mamlakatdagi shahar va tumanlarda ham har xil bo’lgan. Olingan qarz pulidan kapital tarzida emas, to’lov va xarid maqsadlarida foydalanish, qarz foizining g’oyat yuqori bo’lishi, kafolat uchun ko’chmas mulk, qimmatbaho buyumlar- ni garovga qo’yish S.ka xos. Ko’p hollarda qarzdorlar qarzni o’z vaqtida uza olmay eridan, uyjoyidan, molmulkidan ajra- lib xonavayron bo’lgan, sudxo’rlar esa boyib ketgan. Islom dinida S. xarom mashg’ulot (q. Ribo) qisoblanadi. Shu sababli Islom dini tarqalgan mamlakatlarda S. yashirin Tue olgan. 20-a. boshlarida O’rta Osiyoda S. paxta ekadigan muhtoj deqqonlarga ermulklarini garovga qo’yish sharti bi- lan bo’nak shaklini olgan. Bo’nak pulini foizi bilan qaytara olmaganlarning eri boylar qo’liga o’tgan. Mamlakatda ichki bozor va tovarpul munosabatlarining etarli darajada ri- vojlanmaganligi, kredit tizimining nochorligi, mayda tovar xo’jaligi shak- llarining ustunligi S.ning saqlanib qolishi uchun sharoitlar yaratadi. G’oyat yuqori foizlarda chakana qarzlar berish shaklidagi S. rivojlangan mamlakatlar- da ham mavjud. Lekin bunday faoliyat qonun bilan taqiqlangan. Madaniy bo- zor iktisodiyoti S.ni rad etadi. S.ning yashirin ko’rinishlari xufiya iqgisodiyot sohasida yashirin bitishuvlarda, jinoiy unsurlar orasida uchraydi. Ahmadjon O’lmasov.