Sudyalarning intizomiy javobgarligi

Sudyalarning intizomiy javobgarligi — ijtimoiy ja- vobgarlik turlaridan biri. Sudya Odil sudlovni amalga oshirish chog’ida qonuniylikni buzganligi uchun; sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun, shuningdek, xiz- mati borasidagi yoki obro’siga putur etkazadigan boshqa xattiharakati uchun Sudyalar malaka hay’atining qarori asosidagina intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sud qarorining be- kor qilinishi yoki o’zgartirilishining o’zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzili- shiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kel- gan vijdonsizlikka yo’l qo’ymagan bo’lsa, javobgarlikka tortilishiga sabab bo’lmaydi. Sulyalarni intizomiy ja- vobgarlikka tortish tartibi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdikla- gan Nizom bilan belgilanadi.