Sudyalarning mustaqilligi

Sudyalarning mustaqilligi (O’zRda) — Odil sudlovns faqat qonunga bo’ysunib amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan de- mokratik huquqiy davlatga xos printsip. O’zbekiston Respublikasi Konstitusi- yasining 112moddasida sm. alohida ta’- kidlangan. Sud faoliyatiga biror tarzda aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Sm. sudya- ning daxleizligini ham taqozo qiladi. Daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat yozishlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham tegishlidir. Sudya va uning oilasi- ning xavfeizligi alohida ta’minlana- Di. Davlat organlari, jamoat birlashma- lari, mansabdor shaxslar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning Odil sudlovni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan talab va farmoyishlarini so’zsiz bajarishlari shart. Sudyadan muayyan sud ishlarining mohiyati bo’yicha bironbir tushunti- rishlar berishni, shuningdek, qonunda ko’rsatilgan hollardan tashqari, tani- shib chiqish uchun ishlarni taqdim etish- ni talab qilish taqiqlanadi. Sm.ga rahna solmaslik uchun sudyalar Odil sudlov- ning obro’sini, sudyalik qadrqimmatini tushirish yoki sudyaning xolisligiga shubha tug’dirishi mumkin bo’lgan har qanday xattiharakatlardan o’zini tiyi- shi shart. Sudyaning vakolat muddatini bu muddat tugagunga qadar to’xtatishga va tugatishga faqat qonunda ko’rsatilgan hollarda hamda tartibda yo’l qo’yiladi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atishga faqat O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori haqli. Sudyani O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortish va hibsga olish mumkin emas («Sudlar to’g’risida»gi Qonunning 60—74moddalari).