SUELLI KANALI

SUELLI KANALI — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi yirik magistral kanal. Amudaryoning qadimda Suelli deb atalgan yirik irmog’i o’rnida qurilgan. Taxiatosh gi- drouzelidan 300 m uzunlikdagi suv uzatish kanali orqali suv oladi. Suv uzatish kanalining bosh qismida 110 m uzunlikda (tubining kengligi 51 m) suvdagi oqiziklar cho’kadigan tindirgich qurilgan. Umumiy uz. 128 km. Eng ko’p suv o’tkazish imkoniyati 133 m3/sek, 42-55 km da 115 m3/sek, kanal tubining kengli- gi 16-22 m, chuq. 2,5—5 m. Daryoda suv kamaygan bahor oylarida suv olishni yaxshilash maqsadida kanal boshida 54 m3/sek suv oladigan Fayt (1962), 66 m3/sek suv oladigan Bekyob (1965) nasos st-yalari kurilgan. Kanalda bosh suv olish inshootidan tashqari 4 ta gidrouzel bor. Shuningdek, kanalda 8 ta ko’prik, 3 ta akveduk, 30 ta turli nasos qurilmalari mavjud. S.k. tizimi Shuma- nay, Xo’jayli, Qo’ng’irot tumanlaridagi 102 ming ga dan ortik, erlarni suv bilan ta’minlaydi.