Sug’orish, irrigasiya

Sug’orish, irrigasiya — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sun’iy namlash, meliorasiyannng bir turi. S tuproqning o’simlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa o’simliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organic o’g’itlarni o’zlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xo’jaligi. ekinlari- dan yuqori hosil olishni ta’minlaydi. S. er hosildorligini sug’orilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8-10 marta oshi- radi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xo’jaligi qurilishiga va erlarni Meli- orativ o’zlashtirishga sarflangan kapi- tal mablag’larning tez (3-5 yil ichida) qoplanishini ta’minlaydi. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sug’oriladi)da, AQSh, Meksika, Italiya, Bolgariya, Frantsiya va b. mamlakatlarda sug’oriladigan er- lar 20-a.da ayniqsa tez kengayib bor- Di, yirik sug’orish sistemalari barpo etildi. 20-a.ning 50y.larida dunyoda sug’oriladigan jami er mayd. 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan ko’proqni, 20- a. oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim. Amerikada 30,4, Ev- ropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999). S. qadimiy davrlardan boshlab sug’ormasdan hosil olib bo’lmaydigan issiq mintaqalarda, keyinchalik esa yog’in notekis yog’adigan, natijada qishloq xo’jaligi. ekinlaridan barqaror hosil olinmaydigan zonalarda rivojlandi. Misr, Mesopotamiya, O’rta Osiyo, Meksi- ka, Eronning quruq iqlimida odamlar toshqin suvlar bosadigan maydonlar- da oziqovqatga yarokli o’simliklarni o’stirishga o’rgandi. Keyinchalik bunday erlar marzalar bilan o’ralib, ularda suvni uzoq vakt saqlab qolish va qishloq xo’jaligi. ekinlaridan muntazam hosil olish imkoni yaratildi. Surxondaryo vohasi, Farg’ona vodiysining Sharqiy qismi, Amudaryo deltasi, Zarafshon daryosi havzasida o’tkazilgan arxeolo- gik qazishlar muntazam S. O’rta Osiyoda mil. AV. 2ming yillikda boshlangan- ligidan dalolat beradi. Amudaryoning quyi oqimida mil. AV. 8-7-a.dan mil. 3asrgacha S. juda taraqqiy etgan. S.ning rivojlanishi va sug’oriladigan maydon- larning kengayishi bilan suvni uzoq masofalarga olib borish ehtiyoji paydo bo’ldi. Bosh inshooti sodda bo’lgan dast- labki kanallarning barpo qilinishi mil.dan AV. 1ming yillik o’rtalariga to’g’ri keladi. O’rta asrlarda sug’orma dehqonchiliqda buyuk kashfiyot — birin- chi suv ko’targich — chig’ir yaratildi. Na- tijada ariklar yoki tabiiy suv manbala- ridan balandda joylashgan kichikroq er uchastkalarini sug’orish mumkin bo’ldi. O’rta Osiyoda sug’oriladigan erlar- ning keskin kengayishi 19-a. oxirlariga to’g’ri keladi. Ammo yangi erlarni rejali o’zlashtirish va dehqonchilikka yaroqsiz bo’lib qolgan sug’oriladigan erlarni qayta tiklash, katta maydonlarni S. imkoniyatini beradigan yirik sug’orish sistemalarini barpo etish faqat 20-a. ning 20y.laridan boshlab olib borildi. O’rta Osiyo va Qozog’istonda faqat 1965— 90y.larda sug’oriladigan erlar maydoni 5,8 mln.ga (1965)dan 8,8 mln.ga ga eta- Di. O’zbekistonda esa 2001 y.da 4,3 mln. ga sug’oriladigan erlarda dehqonchilik qilindi (1914 y.da 1,8 mln.ga). Sug’oriladigan er maydonlarining kengayishi qishloq xo’jaligi.da suv iste’molining ko’payishiga olib kel- Di. Natijada suv ombori qurish yo’li bilan Daryo oqimlarini mavsumiy, keyingi yillarda esa ko’p yillik tar- tibga solish muhim masalaga aylandi. Yuqori quvvatli nasoslarning yara- tilishi qariyb 250— 300 m3/s suvni bosqichmabosqich balandlikka ko’tarib, qishloq xo’jaligi. ekinzorlarini ma- shina erdamida sug’orishga imkon ber- Di. Hoz. davrda Orol dengizi havzasida jami yillik hajmi 105 mlrd. m3 bo’lgan umumiy oqimning 95 mlrd. m3 suvi sta sarflanmoqda. Bu esa suv resurslarini to’ldirish va sug’orish sistemasining barcha bo’g’inlarida suvni tejashni taqozo qiladi. Suv resurslarini to’ldirish aso- san suvni havzalararo qayta taqsimlash (AmuBuxoro, Amuqorako’l, Qoraqum va b. kanallar), oqova va sho’rlangan drenaj suvlaridan qayta foydalanish hisobiga amalga oshirilmoqda. S. usullari va turlari. S tuproqqa me’yorlangan (belgilangan) mikdorda suv berishini ta’minlaydigan, gidro- texnika qoidalariga asoslangan texni- kaviy, agrotexnik va tashkiliyxo’jalik tadbirlari majmuidan iborat. S. o’tkaziladigan vaqtiga qarab muntazam va davriy turlarga bo’linadi. S. maqsadiga qarab ehtiyot (yaxob), sho’r yuvish, vegeta- tsion, oziqlantiruvchi (sharbat) va b. tur- ga bo’linadi. Ayrim hollarda bir turda- gi S bir qancha maqsadlarda o’tkazilish mumkin. Qadimdan ma’lum bo’lgan oqizib suv berish usullari (bostirib, taxtalarga bo’lib, egatlar olib) astasekin tako- millashib S.ning yomg’irlatib sutrish, tomchilatib sug’orish va tuproq ostidan suyurish, aerozol usulida sug’orish sin- Gari takomillashgan usullar yaratildi. Iqlim quruq bo’lgan O’rta Osiyoda ekin- lar ko’p miqdorda suv talab qiladi, shu- ning uchun sug’oriladigan maydonlarda asosan tuproq (er) ustidan oqizib suv berish va qisman yomg’irlatib sug’orish usuli qo’llaniladi. Keyingi yillarda S.ning mexaniza- tsiyalashtirilgan, yarim avtomatlashti- rilgan, avtomatlashtirilgan va b. turla- ri paydo bo’ldi (yana q. Sug’orish norma – si). Ad.: Mamedov A.M., Irrigasiya Sred- ney Azii, M., 1969; Korjavin B.D., O’zbekistonda sug’orish ishlari T., 1976; Irrigasiya O’zbekistana; t. 1 -4, T., 1975— 1981; Muhammadjonov A.R., Quyi Zarafshon vodiysining sug’orilish ta- rixi. T., 1972; Muhammadjonov A.R., O’zbekistonning qadimgi gidrotexni- ka inshootlari, T., 1997; Mirzaev A., Sug’orish va zax qochirish meliorasiyasi, T., 1979; Oroshenie zemel v Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1980.