SUG’URTA HODISASI

SUG’URTA HODISASI – stixiyali, tabiiy yoki oldindan ко’rib bo’lmaydigan voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelgan zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy sug’urtada sug’urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong’in, avariya, portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug’urtada esa sug’urta hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning hayotida baxtsiz hodisalarning ro’y berishi yoki o’limi kiradi. Xalqaro amaliyotda sug’urta hodisasi ba’zan “fors-major” deb yuritiladi.