SUG’URTA MUKOFOTLARI ZAXIRASI

SUG’URTA MUKOFOTLARI ZAXIRASI – hayotni va nafaqani uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha to’lovlarni oldindan to’lash uchun sug’urta kompaniyasida tashkil etiladigan fond. Bu fond sug’urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda sug’urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim о’rin tutadi. Hayot sug’urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga tuziladi. Sug’urta mukoftlarini kelib tushish va sug’urta summasini to’lash vaqtlari o’zaro to’g’ri kelmaganligi uchun, sug’urta kompaniyasiga kelib tushgan sug’urta mukofoti ma’lum vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo’sh xolda bo’ladi. Kelib tushgan sug’urta mukofotlarining bir qismi joriy to’lovlar uchun sarflanadi, qolgan qismi esa zaxira fondini shakllantirish uchun yo’naltiriladi. Uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha zaxira fondining mablag’lari kredit resursi sifatida foydalanilishi mumkin.