Sug’urta qoplamasi, sug’urta puli
Sug’urta qoplamasi, sug’urta puli — sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalanuvchiga to’lanadigan pul mablag’lari. Qoidaga ko’ra, S.q. miqdori ko’rilgan zarar mik- doridan oshib ketmasligi lozim. S.q. sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan sug’urta summasi doirasida to’lanadi. Sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urtalanuvchi tezda bu haqda sug’urta kompaniyasiga xabar berishi zarur. Te- gishli xabar olinishi bilanoq, sug’urta kompaniyasi vakili sug’urtalanuvchi ishtirokida (zaruriyat bo’lganda boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etgan holda) sug’urta hodisasi yuz berganlik sabablarini o’rganadi va ko’rilgan zarar miqdorini aniklaydi. Sug’urta hodisasi ro’y berish sabablari va ko’rilgan za- rar miqdori sug’urta dalolatnomasida o’z aksini topadi. Sug’urta dalolatno- masi sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasini to’lash uchun asos bo’ladi (q. Sug’urta).