SUG’URTA XIZMATLARI BOZORI
SUG’URTA XIZMATLARI BOZORI – sug’urta xizmatlari oldisotdisi bilan bog’liq iktisodiy munosabat- lar majmui. Sug’urtalovchilar, qayta sug’urtalovchilar, sug’urta brokerlari va agentlari S.x.b. ning professional ish- tirokchilari xisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan keng kamrovli islohotlar va sug’urta sohasida davlat monopoliyasining be- kor kilinishi S.x.b. ning shakllani- shi uchun shartsharoitlar yaratdi. S.x.b. hududiy jihatdan xalqaro, mintaqaviy va milliy S.x.b.ga bo’linadi. Xal qaro S.x.b. nisbatan taraqkiy etgan ba’zi davlatlar sug’urta tashkilotlarining xalqaro miqyosda ko’rsatayotgan sug’urta xizmatlarini qamraydi. Chunonchi, AQShning «AIG» (Ameriken Inter- neyshnl Grupp) sug’urta kompaniyasi jahonning 100 dan ziyod mamlakatlari- da, shu jumladan, O’zbekiston Respubli- kasida ham sug’urta faoliyatini amalga oshiradi. Mintaqaviy S.x.b. hududiy, savdoiqtisodiy, madaniy jihatdan birbiriga yaqin bo’lgan mamlakatlar- ning S.x.b. dir. Bunga Evropa Ittifoqi mintaqaviy S.x.b. ni misol qilib kelti- rish mumkin. Alohida davlatlar qududi doirasida faoliyat ko’rsatuvchi S.x.b. bozori — milliy S.x.b. hisoblanadi. Keyingi yillarda milliy, mintaqaviy S.x.b. ning xalqaro S.x.b. ga Integra- tsiyalashuv jarayonining kuchayotganligi kuzatilmoqda. S.x.b. sug’urtaning u yoki bu sohasida ixtisoslashganligiga qarab hayot sug’urtasi bilan bog’liq S.x.b.; qayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta xizmatlari bozoriga bo’linadi. Mac, AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqining ayrim davlatlarida g’ayotni sug’urtalash bilan bog’liq sug’urta xizmatlari bozori ancha rivojlangan. O’zbekiston sug’urta bozorida 20 dan ziyod sug’urta tashkilotlari faoliyat kur- satadi. Eng yirik sug’urta kompaniyalari- ga «O’zbekinvest» eksportimport milliy sug’urta kompaniyasini, «Uzagrosug’urta» davlataktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi va «madad» sug’urta agentligini kiri- tish mumkin. O’zbekiston sug’urta bozoriga xos xususiyatlardan biri—mavjud sug’urta tashkilotlarining iqtisodiyotning tur- li tarmoklariga ixtisoslashganligidir. Chunonchi, «Uzagrosug’urta» davlataktsiya- dorlik sug’urta kompaniyasi dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish sohasini va aholini sug’urta himoyasi bilan ta’- minlashga, «kafolat» shaharlardagi yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urta xizmatini ko’rsatishga, «O’zbekinvest» eksportimport milliy sug’urta kompa- niyasi eksportimport operasiyalarini sug’urta himoyasi bilan ta’minlashga, «Birjasavdosug’urta» yuklarni sug’urta qilishga, «ALSKOM» sug’urta tashkiloti aloqa va telekommunikasiya sohalariga sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga, «ISHONSH» sug’urta tashkiloti tijorat banklarining mulkiy manfaatlarini sug’urtaviy himoyalashga ixtisoslashgan. S.x.b. dunyoning barcha mamlakatlari- da davlat tomonidan tartibga solinadi. Bundan maqsad, sug’urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning qonuniy man- faatlarini himoya qilishdir. 1998 y.da xukumat qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazir- ligi huzurida sug’urta faoliyatini nazo- rat qilish vakolatiga ega bo’lgan davlat sug’urta nazorati inspektsiyasi tashkil etilgan. Xo’jayor Shenkaev, Bahodir Shamsud- dinov.