SUG’URTAVIY FOYDA
SUG’URTAVIY FOYDA – sug’urta xizmatining bahosi va tannarxi o’rtasidagi farq. Sug’urtaviy foyda sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. Sug’urtaviy foyda balans uslubi asosida sug’urta mukofotlari tushumi va sug’urta operatsiyalari tannarxini o’zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug’urta operatsiyalarining tannarxi bu – sug’urta kompaniyasining sug’urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan to’g’ri va egri, (shu jumladan zaxira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig’indisidir. Odatda, sug’urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga yuklamada foyda ulushi ham ko’rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko’ra, haqiqatdagi sug’urtaviy foyda o’z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug’urta summasi zararlik ko’rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda va sug’urta tarifida belgilangan foyda.