Sulaymon Buxoriy

Sulaymon Buxoriy, Shayx Sulaymon Buxoriy Qudratulloh al- Qunduziy (1821 — Buxoro viloyati Qorako’l tumani Qunduz qishlog’i — 1880) — tilshunos olim, shoir, elchi va sayyoh. Buxoro madrasalarida tehsil olgan. Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohat qilgan. 1846 y.da uni Buxoro amiri Nasrullohon Usmonli turk sul- tonligiga elchi va Istanbuldagi o’zbek qavmi raisi qilib tayinlagan. Istan- bulda ko’p yillar yashab, matbaa ishla- ri bilan shug’ullangan. Yassaviy, So’fi Olloyor, Umarxonnnng kitoblarini nashr ettirgan. SB. ko’p yillik il- miy tadqiqotlarini jamlab, «lug’ati chig’atoiy va turki Usmoniy» (2 j.li) lug’atini tuzgan. Lug’at muqaddimasiga 186 misrali «Manzumai Chig’atoy» Avto- biografik she’riy asarini kiritgan. Lug’atning 1jildi 8 ming so’zdan tar- kib topgan va Istanbulda nashr etilgan (1882). O’rta Osiyo turkiy badiiy ada- biyotidan namunalarni o’z ichiga olgan 2jildi, muallif uni tugallangan deb aytgan bo’lsada, hozircha topilmagan. S. B. lug’ati geografiya atamalari va joy nomlari jihatidan ham qimmatli man- Badir. Unda yaqin va O’rta Sharqdagi shaharlar va b. aholi maskanlari haqida Nodir ma’lumotlar bor. SB. «Naqshiy» taxallusi bilan she’- rlar yozgan. Turkiy xalqlarning etnogra- fiyasi va xalq og’zaki ijodini to’plash hamda o’rganish bilan shug’ullangan. Ad.: Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981: N urmatov Sh., Qorako’l taronasi, T., 1996.