Sulaymonshoh

Sulaymonshoh – Bahodir Amir Temurning sarkardalaridan biri, Amir. Dovudbekning o’g’li. Amir Husayn bilan kurashida Sohibqironga yaqindan yordam bergan. Navqat (Kesh va Nasaf orasida- gi qad. shahar) yaqinidagi Jeta lashkari (5000 kishi) bilan bo’lgan zafarli jang- da (1366) S. Sohibqiron qo’shinida (600 kishi) bo’lgan. Amir Temurning Eronga qilgan 3 yillik urushida (1386-88) Abbos Bahodir bilan Movarounnahrni himoya qilish uchun qoldirilgan. To’xtamish Amir Temurning safarda- ligidan foydalanib, Movarounnahrga chopqun qilib Samarqand viloyatini ta- lontoroj qilgan chog’da (1388) S. Bahodir va Abbos baxrdir Samarqand sh.ni mu- dofaasiga bosh bo’lganlar. To’xtamish va Qamariddinga qarshi yurishlarda ishtirok etgan. Yodgor barlos, sham- suddin Abbos va G’iyosiddin tarxonlar bilan Turkistonda turgan qo’shinni boshqargan va Sohibqironning amriga ko’ra, Mo’g’ulistonga chopqun qilib ko’p o’ljalarni qo’lga kiritgan (1388 -90). 1391 y. To’xtamishga qarshi yurishda Sul- ton Mahmudxon bilan tumanga boshchilik qilgan. 1394 y. Ulug’bek tug’ilgan davr- da Samarqand hokimi edi, Shohruxni peshkash bilan kutib olgan. Amir Temur Xurosonni Shohruxga berganida S.ni ham uning mulozamatiga bergan (1397). Sohibqironning Boyazid I ga qarshi yurishida ishtirok etgan amirzodalar Shohrux, Sulton Husaynlar bilan bir- ga qora tatarlarni Rumdan ko’chirishga rahbarlik qilgan, Ko’pak turkman- ga qarshi yurishda shijoat ko’rsatgan. Anqara jangida qo’shinning so’l qanot amirlaridan bo’lgan.