Sulduz, suldus
Sulduz, suldus — turklashgan mo’g’ul qabilalardan biri. S.larning katta bir guruhi Chingizxon qo’shini tarkibida Dashti Qipchoq va qisman hoz. O’zbekiston hududi hamda Afg’onistonning shim.ga kelib joylashgan, keyinchalik Ozarbay- jon, Eronga ham o’tishgan. Toyjuvutlar qabilasi bilan urushganda katta yordam berganlari tufayli Chingizxon saroy- idagi eng nufuzli amirlar S.lardan bo’lgan. Ular mo’gullar davlati tarkibi- dagi Movarounnahr, Mo’g’uliston, Xitoy va Eronda xizmat qilishgan. Qo’ng’irotlar amiri Qozog’on (1346-58) vafotidan so’ng Amir bayon Sulduz bir necha yil Samarqandda hokimlik qilgan, Balx VI- loyatining bir qismiga S.larning qabila boshlig’i O’ljoy Bug’o S. rahbarlik qilgan. S.lar Amir Temur va Temuriylar davrida ham nufuzga ega bo’lishgan. Key- inchalik S.lar Shayboniyxon xizmatiga o’tadilar. Tojikistonning Baljuvon bekligida S.bolo va S.poyon qishloqlari bo’lgan. S. nomi o’zbek qabilalari ro’yxatiga kiritilgan o’rta asr manba- larida uchraydi. 16-17-a.larda slar o’troklashib, mahalliy xalqdar tarkibi- ga singib ketgan. Ammo 20-a.ning bosh- larida o’zbek urug’kabilalari orasida S nomi uchramaydi. Chunki bu davrda S.lar O’rta Osiyo va Afganistan aholisiga ba- tamom qorishib ketishgan. Ad.:Karmisheva B. X., Ocherki etniche- skoy istorii yujnix rayonov Tadjiki- Stana i O’zbekistana, M., 1976. Ochil Bo’riev.