Sulfatlar
Sulfatlar — sulfat kislota tuzlari. Bu kislota 2 qator tuzlar hosil qiladi — o’rtacha yoki nor mal S, mas, am- Moniy sulfat (NH4)2 SO4 va nordon S. yoki gidrosulfatlar, mas, natriy gidro- sulfat NaHSO4. Normal S. — asosan, rangsiz, oson kristallanadigan va suvda eruvchan moddalar; amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim tuzlardan PbSO4, CaSO4 va b. suvda oz eriydi, BaSO4 esa suvda erimaydi. Tarkibida kristallizasion suvi bo’lgan S. kuporoslar deb ataladi (mas, mis kuporosi CuSO45H2O). S. ta- biatda keng tarqalgan va turli sanoat sohalarida xom ashyo sifatida qo’llanadi.