SULFITOMETR
SULFITOMETR — suyuq sul- Fit angidridni o’lchash (dozalash) uchun ishlatiladigan asbob. Bronza korpus, jo’mraklar va shkalali shisha tsilin- drdan iborat. S. shkalasi grammlarni ko’rsatadi. Sulfit angidridni o’lchash uchun S. sulfit angidridli ballonga tutashtiriladi va jo’mrak 2 ochiladi. Suyuk,likning tushishi jo’mrak 1 bilan rostlabturiladi. S. keragicha to’lgach, jo’mrak 2 berkitiladi va S. ballondan ajratiladi. Sulfit angidridni suyuq holatda ishlatish uchun uni jo’mrak 3, gaz holatda ishlatish uchun jo’mrak 1 orqali olinadi. S. vino va konserva sanoatida ishlatiladi.