Sulfokislotalar, sulfon kislotalar, RSO,H

Sulfokislotalar, sulfon kislotalar, RSO,H (R— alifatik, geterosiklik yoki aromatik qatorning uglevodorod radikali) — tarkibida sulfoguruh (—SO3H) bo’lgan kislota – lar: suvda yaxshi eriydi. S. kislotalik darajasiga ko’ra mineral kislotalarga yaqin. S.ning muhim xususiyati o’z tarki- bidagi sulfoguruhni boshqa funktsi- onal guruxlarga almashtira olishidir. Aromatik S. asosiy organik sintezning muhim mahsuloti (mas, fenollar ish- lab chiqarish.da); azobo’yoklar, dorivor moddalar (sulfanilamid moddalar), ion almashtiruvchi smolalar va b. tay- yorlashda ishlatiladi. Alifatik S.ning ammoniyli tuzi (sulfonatlar) yuvuv- chi moddalar uchun komponent sifatida qo’llanadi. Anorganik kimyoda «S.»ter- mini ba’zan tiokislotalar o’rnida ham ishlatiladi. S. radikallarining tabia- tiga qarab, boshqa o’rin almashgan gurux- lar va sulfoguruhning soni bilan sin- flanadi. S.ga alkansulfokislotalar, aromatik S, alkilaromatik S, oksisul- fokislotalar, aminosulfokislotalar kiradi.