SULH SHARTNOMASI
SULH SHARTNOMASI — xalqaro shartnoma turi. Sulh shartnomasi asosida urush to’xtatiladi, hududiy o’zgarishlar va davlat chegaralari qayd etiladi, boshqa siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar (qo’shinlarni olib chiqib ketish, harbiy asirlarni qaytarish, reparatsiyalar va boshqalar to’g’risida) hal qilinadi. Sulh shartnomasi preliminar (dastlabki) sulh yoki uzil-kesil, umumiy (urushgan hamma davlatlar shartnoma qatnashchilari hisoblansa) sulh yoxud separat sulh (urushda qatnashgan davlatlarning ayrimlari o’rtasida shartnoma tuzilsa) ko’rinishida bo’lishi mumkin.