Suli
Suli (Avena) — boshoqsoshlarga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar turkumi; g’alla ekini. 70 turi bor. 25 ga yakin turi Evrosiyo va Shim. Amerikada usadi. Asosan 3 turi— ekma S. (A. sativa) mo»tadil iqlimli mamlakatlarda va Vizantiya S.si (A. byzantine S.) — O’rta dengiz atrofi, AQSh Jan., Argentina, Avstraliyada; kum S. (A. strigosa) — Ispaniya, Frantsiya, Belgiyada ekiladi. S. kdtsimiy ekinlardan xisobla- nadi, Evropada mil. AV. 2ming yillikdan boshlab ekilgan. Jahon dehqonchiligida S. ekin maydoni 14,4 mln. ga ni tash- kil etib, G’arbiy Evropa mamlakatlari, AQSh va Kanada, Xitoyda katta maydon- larda ekiladi, o’rtacha don hosiddorligi 18,1 ts/ga (2000). Ekma S. iddizi popuk ildiz bo’lib, yaxshi rivojlanadi, erning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi tik o’sadi. Bo’yi 50-120 sm. Bargi 3-5 mm. Gulto’plami supurgisimon tarqoq, ba’zan bir yonli, boshoq, 2-4 gulli, ba’- zan bir gulli. Mevasi — don, ko’pchilik navlarida qobiqli (qobiqsiz shakllari ham bor). S. namsevar, lekin issiqqa uncha talabchan emas. Urug’i past harorat (4-5°)da unib chiqadi. O’zidan changla- nadi. Harorat 16-22° bo’lganida yaxshi rivojlanadi. Gullash davrida namlik etarli bu- lishi kerak. S. uzun kun o’simligi. Ro’vakning tepa qismida etilishi davri boshlanganda, pastki qismida gullash davom etadi. O’suv davri 80-110 kun. Kuzda ekiladigan xili bor. S. doni tar- kibida o’rtacha 13,3% protein, 4,7% moy, 40,1% kraxmal, 13,2% kletchatka, 4,0% kul, V guruhi vitaminlari bor. S. doni- dan har xil yormalar va un tayyorlanadi. Doni endospermasida lipidlar ko’p, shu- ning uchun yuqori kaloriyali va to’yimli hisoblanadi. S. uni bug’doy yoki javdar uniga qo’shib non yopishda ishlatiladi. Eng qimmatli em-xashak ekini xisobla- nadi. Doni, somoni, to’poni, ko’k poyasi, silosi chorvachilikda mollarga berila- Di. 1 kg suli doni to’yimliligi 1 ozuqa birligi sifatida qabul qilingan, 87 g hazm bo’ladigan protein bor. S.ga azot, fosfor, kaliy o’g’itlarini qo’llash yaxshi samara beradi, afotexnologiya tadbirla- ri arpaniktsga o’xshash. S. Fev. oxiri — mart boshlarida ekiladi (O’zbekistonda ko’proq kuzda ekiladi). Urug’lik sarfi 100-250 kg/ga. Hosildorligi 20-35 ts/ ga. O’zbekistonda kuzgi S.ning Do’stlik 85 (1993), chorvachilik i.t. in-tida tosh- kent 1, yutuq (1981), bahorgi S.ning keng bargli O’zbekiston (1981) navla- ri chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan. Hapima Otaboeva.