SULTON AHMAD
SULTON AHMAD (? 1410) jaloyi- riylar davlati hukmdori (1382— 1410). Shayx Uvays I Jaloyiriyning o’g’li. S.A. Ozarbayjon va Iroqda hukmdorlik qilgan. Amir Temur Bag’dodni zabt et- gach (1393), S.A. Misrga mamluk sultoni Barquq (1382-99) xuzuriga qochgan. Shun- dan so’ng u o’z erlarini gohida zabt etib, gohida qo’ddan chiqargan. 1394 y. Amir Temur 2marotaba Bag’dodni egallaganda u yana qochgan. Biroq Shom (Suriya)da hibsga olinib, 1405 y. Amir Temur vafotidan keyingina ozod etilgan. 1406 y. qaytadan Bag’dodda hukmronlik qilayotgan paytda turkman qora Yusuf bilan uning orasi- da nizo chiqib, keyinroq urushga aylan- gan. Natijada, 1410 y.da Tabriz Ostona- sidagi jangda halok bo’lgan. Ad.: Nizomiddin Shomiy , Zafarno- ma, T., 1996.