SULTON AHMAD MIRZO

SULTON AHMAD MIRZO (1451, Samarqand — 1494, Oqsuv mavzesi, ura- tepa) — Samarqand hokimi (1469-94). Temuriylarayam. Abu Sayd Mirzoning katta o’g’li. Onasi — O’rda Bug’a Tarxon- ning qizi. Otasi unga Samarqand va bu- xoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shoxruxiya va say- Ramni o’z tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzo- ga topshirgan. Xo’jand bilan O’ratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida bo’lgan. 1493 y. S.A.M. kuyovi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib Andijonga — Umar Shayx Mirzoga karshi yurish boshlaydi, ular Andijon, Axsi va Marg’ilonni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo to’satdan vafot etib, taxtga 12 yoshli bo- bur o’tirgan. Bek va amirlar xalqni dush- manga karshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. S.A.M. Boburga Farg’ona hukmronligini «in’om» etib Samarqandga qaytgan, biroq O’ratepaga etganda vafot et- gan. S.A.M. Movarounnahrda nufuzi nihoyatda baland bo’lgan Xoja Ahrorni o’ziga pir tutgan. Oysha Sulton begim va Ma’suma Sulton begim ismli qizlari Boburning xotinlari bo’lgan. Ad.: Fayziev T., Temuriylar shajara- si, T., 1995; M ug’am madjonov A., Temur va Temuriylar saltanati, T., 1994.