Sulton Ahmadxon, Olachaxon
Sulton Ahmadxon, Olachaxon (? — 1504) — Mo’g’uliston Sharqiy qismining xoni (1487-1504). Chig’atoiylardan. Yunusxonnpnt ken- ja o’g’li. Eson Toyshi boshchiligidagi qalmoqlar ustidan 2 marta qozongan g’alabasi va ularni qattiq qirg’in qilgani uchun qalmoqlar tomonidan «Qon to’kuvchi», «olacha» yoki «Olachi», ya’ni «qonxo’r» deb atalgan. Umar Shayx Mirzo (Boburning otasi) Yunusxonga Toshkent va Sayramni berganida (1487) shahar va viloyatda yashashni istamagan mo’g’ullar S.A.ni Mo’g’ulistonga qochishga ko’ndirganlar. Otasi uni ta’qib etmagan. S.A. Mo’g’ulistonda Markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko’targan qabilalar bilan 10 y.ga yaqin kurashib, nihoyat hokimiyatni mustahkamlab olgan. Qashqarga egalik qilish uchun Mirzo Abu Bakr dug’lat bi- lan muvaffaqiyatsiz kurash olib borgan. Shayboniyxonta qarshi kurashda yordam berish uchun akasi Sulton Mahmudxon oldiga, Toshkentga kelgan (1503), Axsi yonidagi jangda ular Shayboniyxon qo’shinidan mag’lubiyatga uchrashgan, har ikki xon asir olingan. Shayboniyxon ularga shafqat qilib Mo’g’ulistonga ke- tishlariga ruxsat bergan. S.A. Oqsuvda vafot etgan.