SULTON MUXAMMAD NUR

SULTON MUXAMMAD NUR (1472— 1530) — xattot, nasta’liq xati ustasi. Sulshonali Mashhadiynmng sho- girdi. Hirotda Navoiy homiyligida xattotlik san’atini o’rgangan, ijodini ham Navoiyning shaxsiy kutubxonasida boshlagan, turli majlislarda ishtirok etgan. Asosan, Hirotda ijod kilgan, ma’lum muddat Buxoroda ham bo’lgan. Na- voiy uning san’atini yuqori baholab, o’z davrida «hech kim mayda nasta’liq xati yozishda unga teng kelmagan», deb yozgan. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan, ulardan Salim kotib, Ayniy va b. Usto- zining xat uslubini davom ettirgan. S.M.N. ko’chirgan ko’lyozmalar: Abdulla Hotifiyning «Xamsa» dostonlaridan olingan terma baytlar (1500, Britaniya muzeyida); Sa’diyning «Bo’ston» (1501, Tehrondagi Milliy qutubxonada); Sa’- diy va Jomiy g’azallari terma «Devon»i (1519, Tehrondagi saltanat kutubxo- nasida); Nizomiyning «Xamsa» (1524, Nyuyorkdagi Metropoliten muzeyida); Jomiyning «Yusuf va Zulayho» (1528, Istanbuldagi Avliyo Sofiya soborida); «Subhat ulabror» (Lohurda: Muhammad Shafi shaxsiy kutubxonasida); Shara- fiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (1528; Tehrondagi saltanat kutubxo- nasida: Behzod raem ishlagan); nizo- miyning «Xusrav va Shirin» (1530), Navoiyning «Devon»i (Rossiya milliy kutubxonasida); «Kalila va Dimna» (Hindiston, Rampur sh.da) va b. S.M.N. bitgan qit’alardan 9 tasi Rossiya mil- liy kutubxonasida saqlanadi. Ad.: Bayoniy M., Ahvol va osori xush- navison, 2 j., Tehron, 1967.