SULTONHOVUZ

SULTONHOVUZ – Mirzacho’ldagi oqmas ko’l. Sirdaryoning chap sohilida. Daryoning ko’hna qayiri (terrasasi)da joylashgan, yarimoy shaklida. Uning Sharqiy sohili ancha yotiq va qayirga astasekin tutashib ketadi, qolgan sog’illari esa lyossdan iborat, nisbatan baland (bal. 20 m dan ortiq). Ko’lning uz. 5 km, eni 1-2 km, chuqurligi o’rtacha 1-3 m. Sirdaryoning qad. qoldiq o’zani. Ko’l atrofidan sizib keladigan sho’r er osti suvi va partov suv hisobiga to’yinadi. Bahor va yozda to’lib, kuzda ancha sayozla- nadi. Suvi sho’rroq, 1 l suvda 5-8 g tuz bor (asosan, gidrokarbonatsulfat tuz- lari); ba’zan suv kam bo’lgan vaqtlarda kuchli bug’lanish natijasida suvda xlo- Rid tuzlari to’planadi. Shuning uchun ham ko’l qirg’oqlari botqokli sho’rxokdan iborat. Yuzasi qamish va qo’g’alar bilan qoplangan. Ko’lda ondatra va nutriya boqiladi.