Sultonov Xayridlin Madriddinovich
Sultonov Xayridlin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlog’i) — yozuv- chi, publisist. Toshkent un-tining jur- nalistika ftini tugatgan (1978). «Guli- ston» (1974-80) va «Yoshlik» (1982-85) jurnalilarida adabiy xodim, bo’lim mudiri, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1980— 82), bosh muharrir (1985-93). 1993 y.dan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul xodim, 2001 y.dan Pre- zidentning Davlat maslahatchisi. S. o’zining ocherk, hikoya va qissalarida, asosan, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, ularning ruhiy olamidagi insoniy go’zallikni, sodda, pokiza, mehnatkash kishilarning yax- lit obrazlarini yaratgan. S. tarixiy mavzularga ham murojaat etib, Navo- iy, Ulug’bek, Bobur, Abdulla Qodiriyga bag’ishlangan asarlar ezdi («Boburning tushlari», qissa va xikoyalar). Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspedisiya a’zolari bilan birga qilgan safari ta- assurotlari asosida esa «Boburiynoma» ma’rifiy romanini yaratdi. S. mazkur asari bilan o’zbek adabiyotida ma’rifiy roman janrini boshlab berdi. Asar- lari nafis lirizm, tasvir madaniyati, tilining mayin, shirali va ranginli- gi bilan ajralib turadi. S. drama- turgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham qalam tebratib, «Changak», Abdulla Qodiriyga bag’ishlangan «Moziydan bir sahifa» videofilmlari, shuningdek, yozuvchining romani asosida ko’p seriyali «Mehrobdan chayon» videofilmi stsena- riysini yaratdi. Uning «Tushlarimda ko’rib yig’layman» va «yozning yolg’iz yodgo- ri» stsenariylari asosida badiiy fil- mlar suratga olingan. «Sarhovuzning bo’ylarida» (1992) pesasi mualli- Fi. A.SentEkzyuperi, Yu.Nagibin va V.Shukshinning hikoya hamda qissalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. «Shuhrat» medali (1996), «mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).