Sultonova Toshxon
Sultonova Toshxon (1909.7.1, Farg’ona viloyati Toshloq tumani — 1989.25.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1955). Moskva o’zbek drama stu- diyasini tugatgach (1927), Hamza teatrida ishlagan. S. ijodiga o’zbek ayollari ob- razi xos, u ayniqsa, xarakterli roller ustasi. Qaxramonlari psixologiyasi, ularning ichki dunyosini ochishda hayotiy unsurlardan omilkorlik bilan foy- dalangan, ularning milliyligiga alo- xida e’tibor bergan. «Ikki boyga bir malay»dagi Smeraldina, «Revizor»da Anna Andreevna, «boy ila xizmatchi»da Rahima xola, «muhabbat»da Toshxon, «Yurak sirlari»da Ro’zvon, «Turkiya haqida hikoyalar»da Fotima, «og’riq tishlar»da Rohila, «Hurriyat»da Xosiyat, «Parvona»da Adolat, «Mirzo Ulug’bek»da Gavharshodbegim, «komissiya»da tuhfa kabi rollari bilan tanilgan. Hamza no- midagi O’zbekiston Davlat mukofoti la- ureati (1979).