Sulukta ko’mir koni

Sulukta ko’mir koni – Farg’ona vodiysining Jan.da, Turkiston tizmasi- ning shim. yon bag’rida, Qirg’izistonning O’sh viloyatida joylashgan. Kon 1903 y.dan boshlab o’rganilgan. Unda Pale- ozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga mansub yotkiziklar mavjud. Ko’mirli qatlamlarning umumiy qalinligi 35— 120 m. Konning ba’zi qismlarida 600— 750 m chuqurlikda sanoat ahamiyatiga ega ko’mir qatlamlari bor. Asosiy kumir kazib olinadigan qatlamning uz. 22 m, qalinligi 0,1 — 18,0 m. Konda qo’ng’ir ko’mir bo’lib, petrografik jihatdan Fyu- zenksilen kumir turlariga mansub. Kon ochiq va shaxta usulida qazib olinadi.