Sundanlar, sundlar
Sundanlar, sundlar (o’zlarini sunda deb atashadi) — Indoneziyadagi xalq. Asosan, Yava orolining g’arbiy qismida yashaydi. 24,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Sundan tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, an’anaviy e’tiqodlar ham saqlangan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik (ayniqsa, to’qimachilik) bilan shug’ullanadi, bir qismi sanoatda band. Sundanlar tarkibiga xo’jalik va madaniyatning arxaik belgilarini saqlab qolgan baduy etnografiya guruhi ham kiradi.