SUN’IY QOCHIRISH
SUN’IY QOCHIRISH (urug’lantirish) — qishloq xo’jaligi. hayvonlarini qochirish (urug’lantirish) uchun erkak hayvonlardan olingan sper – mani kuyikkan urgochi hayvon jinsiy yo’liga (bachadon bo’yniga yoki bachadon- ga) sun’iy kiritish. Selektsiyanaslchi- lik ishida eng mahsuddor naslli erkak hayvonlardan unumli foydalanish, hayvonlar zotlarining nasl sifatla- rini jadal yaxshilash maqsadlarida qo’llanadi, mollar tabiiy qochirilganda jinsiy a’zo orqali yuqishi mumkin bo’lgan kasalliklar (brusellyoz, vibri- oz va b.)ning oldi olinadi. Spermalar naslchilik korxona (stantsiya)laridagi eng yaxshi nasddor erkak hayvonlardan olinadi. S.k,. 5 ta asosiy texnik usul- dan iborat: erkak hayvondan sperma olish, uning sifatini baholash, maxsus sharoitda suyultirish, urug’lantirish qobiliyatini yo’qotmay sovuq muhitda saklash, urg’ochi hayvon jinsiy yo’liga kiritish. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, S.q.ning ibtidoiy usuli mil. AV. davrlarda otlar zotini yaxshilashda qo’llanilgan. 18-19-a.larda bu usul- ga qiziqish va uni o’rganish avj oldi. S.q.ni 1763 y.da nemis olimi S.A.Yakobi baliklarda, 1780-82 y.larda Italiyada Spalantsani va Rossi itlarda, 1893 y.da Rossiyada veterinar vrach Lideman biya- larda qo’llagan. 1928-33 y.larda yangi urug’olish, saqlash va suyultirish usul- lari kashf etilgan. Hayvonlar sperma- sini chuqur muzlatish va uni uzoq muddat saqlash usuli 1946 y.da ishlab chiqilgan. S.q. qoramolchilikda yil davomi- da, qo’ychilik va baliqchilikda mav- sumiy qo’llaniladi. S.q. uchun sper- ma buqalardan haftada 2-4 marta, qo’chqorlardan kuniga 2-4 marta, cho’chqalardan 3 yoki 2 kunda 1, ayg’irlardan 1 kunda 1 marta olinadi. Suyultirilgan va —2—4°da saqlangan buqa spermasi- dan 3 sutka, qo’chqornikidan 24 (ba’zan 36) soat, ayg’irnikidan 24-36 soat davo- mida foydalanish mumkin. Bitta nasldor buqaning bir martalik 4-5 sm3 shahvati (spermasi)dan o’nlab, suyultirilgan urug’laridan 1500-2000 bosh sigir va g’unajinni S q. mumkin. S.q.da urg’ochi hayvonlarning kuyi- kish holati muntazam kuzatib borila- Di. Qoramolchilikda har kuni 3 maxal (ertalab, tushda va kechqurun) podadagi kuyikkan sigir va g’unajinlar ajrati- lib, sun’iy urug’lantiriladi, so’ngra ular 10-12 soatdan keyin yana qayta urutlantiriladi. S.q.da shpriskatete- ri, shprisyarim avtomat va yoritgichli qin oynasi kabi asboblardan foydalanila- Di. Har bir qochirilgan ona hayvon uchun maxsus kartochka yuritiladi. Kartochkada ona molning laqabi yoki tartib inven- tar raqami, zoti, yoshi, birinchi marta qochirilgan yoshi, qochirish va takroriy qochirish muddatlari, urug’i qo’llanilgan erkak hayvonning laqabi yoki inventor raqami va zoti, qochirilgan ona molning tug’ish muddatlari qayd etiladi (q. Dav- lat naslchilik korxonasi). O’zbekistonda S.q. usuli 20-a.ning 50y.laridan boshlab amaliyotga kiritiddi. Izatulla Eshmatov.