Sun’iy qon aylanish apparati

Sun’iy qon aylanish apparati, sun’iy yurako’pka apparati — bemor organizmida yoki donorning ajratib olingan a’zosida qon bir tekis aylanishini va bir me’yorda moddalar almashinuvini ta’minlaydigan apparat. Yurak va o’pka vazifasini vaqtinchalik o’tashga mo’ljallangan. Birinchi S.q.a.a. avtojektor 1925 y.da rus fiziologi S.S. Bryuxonenko tomonidan yaratil- gan. Keyinchalik shu apparat yordamida hayvonlarda ko’pgina yurak operasiyalari o’tkazildi. S.q.a.a. o’zaro bog’liq bo’lgan sistema va bloklar kompleksidan: «sun’- iy yurak»—nasos, yuritkich, uzatkichdan iborat bo’lib, qonni hayotni ta’minlay oladigan hajmiy tezlikda oqadigan qilib haydaydi; oksigenator deb atala- digan «sun’iy o’pka» — gaz almashinish qurilmasi bo’lib, qonni kislorod bilan to’yintirish, karbonat angidrid gazini chiqarib yuborish va kislotaishqor mu- vozanatini normal saqlab turish uchun xizmat qiladi. Hoz. jahonda 100 dan ortiq tipda- gi turli maqsadlarda ishlatiladigan S.q.a.a.lari yaratilgan. Xavfli o’smalar, yallig’lanish jarayonlari va destruktiv shikastlarni kimyoviy moddalar bilan davolashda, yurako’pka faoliyati buzil- ganda yordamchi sun’iy qon aylanti- rishda, klinik o’lim holatidagi bemor- ni tiriltirishda, ko’chirib o’tkazishga mo’ljallangan a’zolarni tirik saklab turishda ishlatiladigan S. q.a.a. bor.