Suryoniy yozuvi, Suriya yozuvi

Suryoniy yozuvi, Suriya yozuvi — finikiyoromiy konsonant yozuvining bir turi. Finikii yozuvidagidek tar- tibga ega bo’lgan 22 belgidan iborat; harflari qo’shilib, o’ngdan chapga qarab yoziladi. Bu yozuv 1-a.dan adabiy oromiy lahjalaridan hisoblangan suryoniy tili (dastlab yuqori Mesopotamiyadagi EDES- sa sh. lahjasi) uchun qo’llana boshlagan. S.yo.ning asosiy ko’rinishlari estran- Gelo (Yun. «yumaloq yozuv, xat»); 430y. o’rtalarida Suriya cherkovining 2 ga AJ- ralishi natijasida paydo bo’lgan g’arbiy suryoniy (yakovit yoki serto) vasharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlaridir. Ne- storian yozuvi nasroniy missionerlar tufayli O’rta Osiyo va Xitoyga qadar tarqalgan. S. yo. faqat undosh tovushlar- ni ifodalagan; 7-8-a.lardan unlilarni ifodalovchi satrusti va satrosti dia- kritik belgilar qo’llangan. Bu belgilar turlicha joylashgan nuqtalar yoki kichki- na yunoncha harflar ko’rinishida bo’lgan; tinish belgilar ham qo’llangan. 1840 y.da S. yo.ning nestorian turi asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shuningdek, Turkiyada yashovchi ossuriy- lart qo’llana boshlagan.