Suryoniy tili

Suryoniy tili, Suriya tili somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining Sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; yuqori Mesopotami- yadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. 3-a. dan Old Osiyodagi oromiy tilida so’zlashuvchi xristianlar – ning adabiy tili bo’lgan. 8-a.dan boshlab S.t. astasekin Arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hoz. vaktda Eron, Iroq, Su- riya va b. mamlakatlarda yashovchi Nesto- Rian (nasturiy)lar va yakovit (Ya’qubiy) larning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 ko’rinishi [estrangelo, yakovit (serto) va nestorian]ga asoslan- gan. Unda mil. 1-a. ga mansub o’yma yozuv matnlari, 3-14-a.larga mansub boy xri- stian diniy adabiyoti mavjud.