Suriylar, sur

Suriylar, sur — shim. Hindistonda hukmronlik qilgan sulola (16-a.). Hindistonning Bihar viloyatida- gi afg’onlarning sur qabilasidan chiqqan Farid (keyinchalik Shershoh nomini ol- gan) tomonidan asos solingan. Shershoh Boburtt o’g’li Humoyunni engib, uni Hindistonni tark etishga majbur qilgan (1540). Natijada Hind daryosidan Benga- liyagacha bo’lgan hudud S.ga tobe bo’lgan. Shershohning vorisi Islomshoh vafoti (1554) dan so’ng S.ning Dehlidagi tax- tiga o’z da’vogarlarini o’tkazishda afg’on zamindorlari o’rtasida uzaro nizolar kuchaygan. Bunday vaziyatdan foydalangan Humoyun Shershoh vorislaridan biri- ning qushinini Sarhindda engib (1555), Hindistonda Boburiylar hokimiyatini tiklagan.