Supasimon o’lkalar
Supasimon o’lkalar – tek- tonik harakatlar natijasida tevarak atrofdan bir oz ko’tarilgan tekisliklar. S.o’. zaminidagi tog’jinslari gorizontal yoki bir oz qiya, ustki qismini cho’kindi jinslar qatlami yoki LAVA qoplagan bo’ladi. S.o’.ning eroziya natijasida par- chalanishi, tekislangan yuzalarning tek- tonik yoriqlar bilan ayrim palaxsalarga bo’linishi natijasida supasimon tog’lar vujudga keladi. Ularning usti tekis yoki salgina o’rqir, yon bag’irlari kesil- gandek tik tushgan bo’ladi. Yuzasi tekis bo’lganligi sababli supa deb ataladi. Turkiston tizmasining g’arbiy qismi (Jizzax viloyati)da Kattasupa, Kichiksu- Pa nomli baland tekisliklar, Farg’ona botig’ining shim.g’arbi (Namangan viloya- ti)da Supatog’degan tog’bor. Ba’zan Daryo terrasalari ham supa deb yuritiladi.