Sur tuproqlar

Sur tuproqlar (bo’z tuproqlar) — cho’ldasht mintaqasidagi o’t o’simliklar bilan qoplangan, tog’etakla- ri qiya tekisliklarida tarqalgan tuproq tipi. O’rta Osiyodagi cho’ldashtlarda keng tarqalgan bo’lib, shag’alli yotqiziqlar ustidagi lyoss va lyossimon qumoklarda hosil bo’ladi. S.t. yil davomida qisqa nam va iliq, uzoq davom etuvchi issiq va quruq davrning keskin navbatlanib ke- lishi sharoitida rivojlanadi. Yillik yog’in miqdori 200-600 mm. O’simlik qoplami efemeroid rivojlanish tsikli- ga ega bo’lib, butun vegetasiya davomida o’sadigan ko’p yillik o’simliklar hamda chala butalar bilan aralash o’tlardan iborat. Tuproq kesimi aniq genetic qatlamlarga ajralmagan. Granulometrik tarkibiga ko’ra, asosan, changsimon, en- gil va o’rtacha, kamdankam og’ir qumoqli zarrachalardan iborat. Tog’oldi tik qiyaliklarida esa toshliqumoqli S.t. (A — chirindili qatlam qalinligi 10-20 sm, chirindi miqdori 1-3%, usti chim- li; V — karbonatli qatlam, asosan, ti- pik va to’q tusli; S. — ona jins) genetic qatlamlardan tashkil topadi. Och tusli, tipik, to’q tusli va kam karbonatli S.t. tipchalari bor. Och tusli st., dengiz sathidan 200-800 m balandlikda dare terrasalari hamda tog etagi tekislikla- rida (ayrim xrllarda undan yuqori, mas, Sherobod shahri, qoyali Oqtog’tog’lari va Qurama tog’larining kuchli eroziyalangan Jan. qiyaliklarida uning yuqori chegara- si 1000-1100 m balandlikda) tarqalgan; chirindili qatlami qalinligi 40-50 sm. Tipik S.t. och tusli S.t.ga nisbatan balandroqda, yog’ingarchilik ko’p, harorat birmuncha past bo’lgan tog’oldi tekisli- klarida, adirlar va pastliklarida (den- giz sathidan 500-1000 m balandlikda) tarqalgan. Chirindili qatlam qalinligi 60-80 sm (yuqori qatlamlarda chirindi mikdori 1,5—2,5%). To’q tusli S.t. den- giz sathidan 700-1600 m balandlikdagi tog’oldi va past toglarda tarqalgan. Chi- rindili qatlam qalinligi 100-130 sm. Kam karbonatli S.t. tog’oldidagi lyossli va Tyanshan tog’etaklari tekisliklari- dagi shim. qiyaliklarda tarqalgan. S.t.da qishloq xo’jaligi. Ekinlari sug’orilib etishtiriladi.