Surakarta

Surakarta (Solo) (Surakarta, Solo) — Yava o. (Indoneziya)dagi sultonlik (1743-1950). Mataram sultonligining shim. qismini golland mustamlakachila- ri bosib olgach, uning Markaziy va Jan. qismida barpo etilgan. Markazi — Solo daryosi bo’yida joylashgan Surakarta sh. 1812 y. golland mustamlakachilari S.da o’z nazoratlarini o’rnatganlar. 1942-45 y.larda sultonlik yapon qo’shinlari to- monidan bosib olingan. S. rasman 1950 y.gacha mavjud bo’lgan, so’ngra Indoneziya Respublikasining Markaziy Yava viloya- ti tarkibiga kirgan.